#xazinalar_durdonasi ✍️Said Ahmad. 🖌G'ildirak . 📚Hajviyot O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning ijodida alohida o‘rin tutadi. Sevimli adibimiz satira va yumor tig‘ini hayotda mustahkam o‘rin topolmagan, yengil-yelpi kun ko‘ruvchi, olg‘a yurishimizga to‘sqinlik qiluvchi maʼnaviy qashshoq kimsalarga qaratadi. Bu jihatdan ayniqsa uning ham kuldiruvchi,ham o‘ylatuvchi "Kelinlar qo‘zg‘aloni", “Kuyov”, "Farmonbibi arazladi", "Hasan va Husan" komediyalari, nishonga aniq tegadigan kinoya bilan yo‘g‘rilgan hajviy hikoyalari va miniatyuralari diqqatga molikdir. ✅Ushbu to‘plam orqali siz, aziz kitobxon, ana shu ajoyib asarlarning qahramonlari bilan uchrashasiz. To‘plamdan o‘rin olgan qissa - “G‘ildirak”da muallif mol-dunyoga hirs qo‘ygan kishilarning maʼnaviy inqirozini achchiq kinoya bilan tasvirlaydi.