#xazinalar_durdonasi

#xazinalar_durdonasi ✍️Saida Zunnunova. 🖌Oydan tushgan qiz . 📚Qo’lingizdagi to’plam o’zbek adabiyoti rivojiga munosib xissa qo’shgan adiba Saida Zunnunovaning eng yaxshi hikoyalaridan sanaladi . Qalamkashning hikoyalarida inson ko’ngliga iliqlik olib kiradigan yoqimli tasvir bor. Bu iliqlik hikoya qahramonlarining har bir so’zida , bir –biriga bo’lgan mehrida sezilib turadi. ✅Saida Zunnunova o’z hikoyalarining tarbiyaviy tomoniga kuchli urg’u beradi .Uning hikoyalarini o’qigan har bir kitobxon o’ziga yetarli xulosa chiqaradi.Adibaning fikricha xulqdagi kamolot – inson kamoloti debochasi .Yozuvchining hikoyalari ana shunday kamolotni kasb etishga chaqiradi.Ushbu to’plamdan o’rin olgan mehrning insoniylikning sehridan so’zlovchi hikoyalar mutolaasi sizga zavq ulashishiga ishonamiz .