Uch avlod uchrashuvi

#Uch_avlod_uchrashuvi 📚2025-yil 19-sentabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil qilindi. ⚡️Uchrashuv davomida Vasiliy Yanning "Soʻnggi dengizgacha" kitobi taqdimoti boʻlib o'tdi.Taqdimot davomida Chingizxon nevarasi Botuxon boshchiligida moʻg'ul istilochilarining Janubiy Rossiyaning zabt etishi, Kiyevning tor-mor qilinishi faol kitobxon Madumarov Yanisbek bobo tomonidan hikoya qilib oʻtildi. Tadbirda bobo oʻzining mashaqqatli hayot yoʻlida kitoblarning oʻrni beqiyos ekanligini yosh avlodga oʻrnak qilib koʻrsatdi. ✔️Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda kechdi va barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.