#xazinalar_durdonasi

Hech bir jamiyat illatlardan holi emas. Eskicha qarashlar, gʻiybat, tuhmat, orqavarotdan gap-soʻz qilishlar har bir jamiyatni mudom maʼnaviyatsizlikning tuban botqogʻiga tortib turadi Yozuvchi Oʻlmas Umarbekov oʻzining «Bahor bulutlari» asarida besuyak tilning birgina oʻylamay chiqargan gapi bir begunoh insonni badnom qilib yuborishi mumkinligi borasida ogoh etadi. Asar mana shu jihati bilan har bir kitobxonning shaxsiy kutubxonasidan oʻrin olishiga ishonamiz.