#xazinalar_durdonasi ✍️Rahmat Fayziyev. 🖌Sen yetim emassan Rahmat Rahmat Fayziyning "Sen yetim emassan" qissasi Ikkinchi jahon urushi yillarida fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan janglarda halok bo'lganlarning yetim qolgan bolalaridan o'n to'rt norasidani - turli millat o'g'il-qizlarini o'z bag'riga olgan va ularga mehr-muruvvat ko'rsatgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasiga bag'ishlanadi. Shuningdek, to'plamdan o'rin olgan "Ona", "Qaynana", "Shohi darparda", "Toshoyna" hikoyalari ham juda ta'sirli bo'lib, ushbu nashr kitob javoningizdan munosib o'rin egallaydi, degan umiddamiz.