Kitoblar targ'iboti

📚 2025-yil 22- sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh avlodni bilimli qilib tarbiyalash, kitob mutolaasiga bo'lgan istak va qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 18-maktab o'quvchilari o'rtasida " Kitob-ma'naviyat beshigi" mavzusida kitoblar targ'ibot tadbiri tashkil etildi. ✅Tadbirda maktab o'quvchilariga kutubxona fondi, kutubxonaga a'zo bo‘lish tartibi, badiiy va bolalar adabiyotlari haqida ma'lumotlar berib o'tildi .