#xazinalar_durdonasi ✍️Maqsud Qoriyev. 🖌Ibn Sino 📚Dunyo ahli Abu Ali ibn Sinoni tibbiyot sohasining tengsiz arbobi sifatida taniydi. Biroq alloma umri davomida boshqa fanlarda ham qator izlanishlar olib borib, ko'plab sohalarda salmoqli yutuqlarga erishgan. ✅Asarni o'qish jarayonida allomaning butun hayoti og'ir darbadarlikda yaqin insonlariga nisbatan sog'inch hissi bilan o'tganligiga guvoh bo'lasiz. Ibn Sinoning shunday og'ir sharoitlarda ham tinmay ilm-fan bilan shug'ullanib, xastalarni davolaganligi tahsinga sazovordir. Ishonamizki, roman mana shu tomonlama o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan yosh kitobxonlarimizga ruhiy dalda bera oladi!