Zakovat

📚2025-yil 23-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Renessans" kitobxon klub aʼzolarini intellektual salohiyatni oshirish, fikrlashni doirasini kengaytirish va bilimlarni sinab koʻrish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. ✅ Ushbu o‘yinda ishtirokchilar "Qaldirg‘ochlar" va "Yosh kitobsevarlar" jamoalari bellashdilar. O‘yin qiziqarli baxs munozaraga boy bo'ldi.