#Koʻrgazma 📚2025-yil 23-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 10-maktab o‘quvchilari uchun “Kelajak kitob bilan boshlanadi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Ko‘rgazmada turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat bo‘ldi. ✅O‘quvchilar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlar haqida kutubxonachilardan ma’lumot oldilar. Tadbir so‘ngida kitobxonlikning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.