📚2025-yil 25-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mirzacho'l tuman ichki ishlar bo'limida tashkil qilingan ko‘chma kutubxona adabiyotlari foydalanuvchilar talab va istaklariga binoan yangilandi. Tadbir doirasida xodimlarga turli sohalarga oid adabiyotlar taqdim etildi. ✅Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish, xodimlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ma‘naviy saviyasini yanada boyitishga xizmat qilishdir.