Kitob taqdimoti

2025-yil 26-sentabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mirzadala" mahallasi 5-sonli maktab o'quvchilari ishtirokida "Seni jannatda kutaman" kitobi taqdimoti o'tkazildi. 🔰 Turk yozuvchilari hikoyalaridan jamlangan asar, o'zining ibratli xulosalari bilan kitobxonlar e'tiborini torta oladi. Bu hayotiy hikoyalarda "Insonning yashashdan maqsadi nima?" degan muhtasham savolga javob qidiriladi. ✅Taqdimot davomida ishtirokchilar o'z fikr- mulofazalari bilan bo'lishdilar. Tadbir so'ngida ishtirokchilar kitob orqali dunyoni anglash, inson ichki his-tuygularini boshqara olish, oqilona qarorlar qabul qilish kabi xulosalarga kelishdi.