#Sayyor_tadbir 📚2025-yil 29-sentabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot -kutubxona markazi hamda Mirzacho'l politexnikumi bilan hamkorlikda "Kitob-millatning aql ko'zini yorituvchi mayoqdir" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, yangi adabiyotlar bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratildi. ✅ Axborot -kutubxona mutaxassislari tomonidan kitob taqdimotlari, kutubxona faoliyati aks etgan videorolik, hamda Abdulla Qahhorning "Daxshat" hikoyasiga "Bookslam" ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi . Sayyor tadbir yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va kitob o‘qishga bo‘lgan rag‘batlarini oshirishga xizmat qildi.