#xazinalar_durdonasi ✍️Odil Yoqubov 🖌Izlayman 📚O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov adabiyotimiz xazinasiga munosib hissa qo'shgan adiblardan biridir. Qo'lingizdagi kitobdan yozuvchining "Izlayman" nomli qissasi o'rin olgan. Ushbu qissada gvardiyachi kapitan Davron G'oziyevning Ikkinchi jahon urushida ko'rsatgan jasorati, quvonch-u iztiroblari ifoda etilgan. ✅Urush tugagan, hamma yaqinlari bilan diydorlashuv onlarini intiqlik bilan kutayotgan bir paytda, kutilmagan jangda Davron G'oziyev halok bo'ladi... Ishonamizki, ushbu kitob mutolaasi sizga hayajonli va yoqimli lahzalarni hadya etadi.