📚2025- yil 6- oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Bog'bon'' mahallasi hududida joylashgan "Sihat -salomatlik Farm" MChJ ga qarashli Qodirov Abdug'affor Sattorovichning shaxsiy kutubxonasida "Jadidchilar -milliy uyg'onish fidoyilari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✅Tadbirda jadidchilik harakatining yirik vakillari Maxmudxo'ja Behbudiy , Abdulla Avloniy, Cho'lpon , Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning hayoti faoliyati va ma' rifat yo'lidagi jonkuyarliklari to'g'risida ma'lumotlar berildi. Tadbirning maqsadi -yoshlarni vatanparvarlik ,ma'rifat va milliy g'urur ruhida tarbiyalash jadidlar merosini asrab-avaylash va ularning ma'naviy merosini keng targ'ib etishdan iboratdir.