#xazinalar_durdonasi Xurshid Doʻstmuhammad 🖌Sof oʻzbekcha qotillik 📚Afsuski,insonga hamisha …jinoyat,jinoiy tuyg’u, jinoiy tasavvurlar ham hamroh bo’lib yuradi.Odam erta yo indin qanday holatga tushadi – oldindan hech bir banda bilmaydi buni.Jinoyat deganda faqat o’g’rilik, bosqinchilik yoki qotillikni tushunish to’g’ri emas, zero, og’ir gap aytmasdan, haqoratlamasdan,diliga ozor yetmasdan turib, hatto kulgili holatlarga solib ham jinoiy xatti-harakat sodir etishi mumkin.Hammasi mohiyatda, maqsad- muddaoda! ✅Shular bois ham jinoyatni fosh etish oson emas, lekin uni tushunish, sabab-oqibatlarini tahlil qilish o’n- yuz chandon og’irroq va mushkulroq vazifa hisoblanadi. Kitobdan joy olgan qissa voqeasi boshdan ohir fojea .U olis vilovatlarimizdagi oddiy qishloq xonadonida yuz bergan : maktabni bitirish arafasida o’ynab-kulib yurgan qizning nomusi toptaldi, hech kim jazoga tortilmaydi, badnomlikka dosh bermagan qiz o’z joniga qasd qildi.