O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 28-dekabr kuni Yangi Toshkent hududidagi ayrim obektlar qurilishi bilan tanishish jarayonida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 7-sonli bayonining 5.5 bandida bellgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 7-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan milliyligimiz va ma`naviy qadriyatlarimizni aks ettirish maqsadida “Asrlar uzra qadriyatlar sadosi" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📖 Ko‘rgazmada milliy o‘zligimiz, boy tariximiz, urf-odatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ma’naviy merosini aks ettiruvchi 50 dan ziyod turli adabiyotlar, badiiy asarlar va tarixiy manbalar jamlangan. Bu kitoblar orqali bugungi avlod o‘z ildizlarini yanada chuqurroq anglaydi, kelajakka mustahkam qadriyatlar bilan qadam qo‘yadi. 📸 Tadbir doirasida ko‘rgazmaga tashrif buyurgan 30ga yaqin kitobxonlar, yoshlar, ustozlar va mahalla faollari ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.