Ekskursiya

#Ekskursiya 📚2025-yil 7-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markaziga “Mustaqillik” mahallasi yoshlari ekskuriya maqsadida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida yigʻilganlar kutubxonaning asosiy xizmatlari hamda yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi. ✅Kutubxona xodimlari tomonidan ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.