Uch avlod uchrashuvi

2025-yil 7-oktabr kuni Mirzacho'l tumani "Ipak yo'li" mahallasi 4-maktabida yoshlar va nuroniylar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" ma'naviy-madaniy tadbiri tashkil etildi.Tadbirda Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi, Nuroniylar jamg'armasi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘limi, tuman "Veteran" jangchi faxriy va nogironlari bo'limi raisi ishtirok etdilar. ✅Ishtirokchilarga muxtaram yurtboshimiz tomonidan yoshlar va kelajak avlodlar uchun ta’lim olishda yaratilayotgan shart-sharoitlar, olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida to‘xtalib, yosh avlodni yanada ko‘proq bilim olishga va kitob o‘qishga, shuningdek, hunarli bo‘lishlari uchun ustozlarni hurmat qilish, keksa avlod vakillarining bergan o‘gitlariga so‘zsiz itoat etish lozimligi haqida gapirib o'tildi. 🔰Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan "Kitob muallifini toping" nomli qiziqarli o'yin o'tkazildi, g'oliblar sovg'alar bilan taqdirlandi.