#Tarix_saboqlari_kelajak_poydevori 📚2025-yil 9-oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-maktab o'quvchilari ishtirokida Qatog'on qurbonlarini yod etish maqsadida ''Tarix saboqlari -kelajak poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida Abdulla Qodiriy , Cho'lpon , Abdurauf Fitrat, Mahmudxo'ja Behbudiy kabi jadid ma'rifatparvarlarining hayot va ijod yo'llari, ayanchli, ammo sharafli tarixi xususida suhbatlashildi. Qiziqarli savol-javoblar va baxs munozalarga boy ruhda tashkillashtirilgan tadbir yig'ilganlarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.