Mahorat darsi

#Mahorat_darsi 💻Joriy yilning 10-oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot -kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi. ✅ Ushbu mahorat darsida printerlar haqida amaliy va nazariy tushunchalar berildi. O'quv mashg'uloti davomida printerlarning turlari, ularni to‘g‘ri sozlash, texnik xizmat ko‘rsatish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha foydali ma’lumotlar taqdim etildi.