#Xalqaro_qizlar_kuni 📚11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan joriy yilning 6-11-oktabr kunlari "Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!" shiori ostida tashkil qilingan ma'naviy- ma'rifiy tadbirlar haftaligi doirasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida 2025- yil 10-oktabr kuni kitobxon qizlar ishtirokida "O'zbekiston qizlari-Vatan bezagi" nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil qilindi. Tadbirdan iste'dodli qizlarimiz ijrosida jozibali raqs va chiroyli she'rlar o'rin oldi. Ko'tarinki kayfiyat va bayramona ruhda bo'lib o'tgan tadbir barchaga birdek manzur bo'ldi.