Kitobsevar millat

#Kitobsevar_millat 📚2025-yil 13-oktabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan " Kitobsevar millat" shiori ostida "Ochiq osmon ostida kutubxona" lohiyasi doirasida "Erjar" mahallasi hududidagi 18-maktabda "Kitobxonlik- ezgu odat" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. 🔰Tadbirning maqsadi - aholining, ayniqsa yosh avlodning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy va ma’naviy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. ✅Ko‘rgazmada turli janrlardagi badiiy asarlar, yangi adabiyotlar va milliy hamda jahon adabiyoti durdonalari namoyish etildi.