Davra suhbati

oriy yilning 13-oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2025-yilni O'zbekistonda "Atrof muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan Mirzacho'l agrosanoat texnikumi bilan hamkorlikda "Yashil iqtisodiyot – sog‘lom tabiat, barqaror jamiyat" mavzusida "Mirzadala" mahallasi yoshlari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan mamalakatimizda bugungi kunga qadar amalga oshirilgan va ayni damda davom etayotgan izchil loyihalar to'g'risida qizg'in bahs va munozaralar olib borildi. Aholi va yoshlar ongida tabiatga bo'lgan muhabbat va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirda 20ga yaqin o`quvchi yoshlar ishtirok etdi.