📚Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Mirzacho‘l tuman bo‘linmasi hamda "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda 2025-yil 13-oktabr kuni "Jadidchilik-marifat dargalari" rukni ostida jadid ma'rifatparvarlari yo'llarini targ`ib qilish maqsadida 10-sonli maktabda kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 🔰Tadbirda o‘quvchilarga Abdulhamid Cho‘lponning “Tong yulduzi”, Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” hamda H.H. Niyoziyning “Ilm ista” kabi asarlari taqdim etildi. 🌟 Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini boyitish va ularni ma’naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida tashkil qilingan tadbirda yozuvchilar ijodi, ularning asarlarida ifodalangan vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik va insoniy fazilatlar haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar esa o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, she’rlar o‘qishdi va ijodkorlarga bo‘lgan hurmatini izhor etishdi.