Zukkolar ligasi viktorina o'yini

#Zukkolar_ligasi 📚2025-yil 14- oktabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Erjar" mahallasi hududida joylashgan 18-maktab oʻquvchilari bilan birgalikda buyuk maʼrifatparvar, jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiyning tavalludining 150-yilligi munosabati bilan "Behbudiy izidan -ma'rifat sari" nomli "Zukkolar ligasi" viktorina oʻyinlari oʻtkazildi. ✅Tadbirda Behbudiy hayoti va ijodidan maʼlumotlar berildi va oʻquvchilarni bilimini sinash maqsadida Behbudiyning "Padarkush" asaridan tezkor savol-javoblar oʻtkazildi.Tadbir soʻnggida zukko bilimdonlar Behbudiyning hikmatli soʻzlari va "Padarkush" asaridan parchalar ifodali oʻqidilar.