#Ona_tilim_gʻururim

🔰Joriy yilning 16-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Gulzor" mahallasi 19-maktabda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Tilga e’tibor — nima uchun muhim?” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. ✅Tilga e’tibor — bu millatning o‘zligiga, tarixiga, madaniyatiga, hatto kelajagiga bo‘lgan e’tibor demakdir. Tadbir aynan shu g‘oyani ilgari surgan holda, tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, yoshlar orasida til madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.