#Kitobxon_onalar_kuni 📚2025-yil 17-oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan tuman "Oqila ayollar" harakati raisi, "Buvijonlar maktabi" a'zolari hamkorligida "Do'stlik", "Erjar" mahallasi ayollari ishtirokida 21-oktabr O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan "Ona tilim- elimning urib turgan yuragi" mavzusida badiiy - musiqiy kecha tashkil etildi. ✅Tadbir Madaniyat markazi xodimlari tomonidan go'zal kuy qo'shiqlar bilan ochib berildi hamda axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ifodali she'rlar, go'zal raqslar bilan davom etdi. "Zaynab manalogi" ishtirokchilar qalbini bir lahzaga larzaga soldi. Tadbir so'ngida faol ishtirokchilar kutubxona markazi tomonidan taqdirlandilar.