"Oʻzbek tili- millat g'ururi" mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir

📚2025-yil 20-oktabr kuni Mirzachoʻl tuman hokimligi, Axborot- kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi, Madaniyat markazi, Musiqa va san'at maktabi hamkorligida "Ezgu niyat" maydonida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan "Oʻzbek tili- millat g'ururi" mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 🔰Tadbirda ijodkor yoshlar va san'atkorlar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she'rlar, kuy va qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari ijro etildi. ✅Axborot- kutubxona markazi tomonidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada oʻzbek tili taraqqiyoti, tilimizning boyligi va qadri haqida yozilgan adabiyotlar keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi.