2025-yil 21-oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" mahallasi ayollari ishtirokida "Kitoblar ovozsiz muallimlardir" nomli ko'rgazma tashkil etildi. ✅Ko'rgazmadan o'zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari joy oldi. Kitobsevar millat barpo etish, farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida kitoblar targ'iboti olib borildi. Shu bilan bir qatorda o'qish uchun kitoblar tavsiya etildi.