Kitob taqdimoti

#Kitob_taqdimoti 📚Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida 2025-yil 22-oktabr kuni "Kitobsevar millat" shiori ostida kitobxon keksa avlod vakillari ishtirokida Braziliyalik yozuvchi Paulo Koelo qalamiga mansub "Alif" asari taqdimoti tashkil qilindi. ✅Ushbu asar adibning qisman avtobiografiyasi hisoblangan. Ruhiyatida inqiroz yuzaga kelgan yozuvchi shaxsiy takomili uchun yo'l olgan sayohati davomida yuzaga kelgan vaziyatlar va his-tuyg'ularini juda chiroyli tasvirlagani bilan yoshu qarining birdek e'tirofiga sazovor bo'lganligi xususida, qolaversa, falsafiy ruhda yozilgan asarda vaqt tushunchasining butunlay o'zgacha tasviri haqida juda qizg'in suhbatlar bo'lib o'tdi.