“Adolat — inson huquqlarining asosi” mavzusida davra suhbati

📚2025-yil 22-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda DIK Mirzacho‘l tuman bosh mutaxassisi Doston Ubaydullayev tomonidan “Adolat — inson huquqlarining asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰Suhbat davomida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, maxsus gologrammasi bo‘lmagan diniy kitoblardan foydalanmaslik, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni eshitmaslik va tarqatmaslik masalalari muhokama qilindi.