📚O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 28-dekabr kuni Yangi Toshkent hududidagi ayrim obektlar qurilishi bilan tanishish jarayonida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 7-sonli bayonining 5.5 bandida bellgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 23-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Mirzadala" mahallasi yosh kitobxonlari o'rtasida "Kitobsevarlar bellashuvi" nomli ko'rik tanlov tashkil qilindi. ✅Turli mantiqiy va qiziqarli shartlar asosida tashkil qilingan tanlovda 20 dan ziyod kitob ixlosmandlari ko'tarinki ruhda ishtirok etdilar. Tanlov yakunida g'oliblar estalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.