Joriy yilning 24-oktabr kuni Mirzacho'l tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Renssans" kitobxonlar klubi a'zolari o'rtasida "Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi" shiori ostida "Zakovat"intellektual o'yini tashkil etildi. 🔰Tadbirda "Ma'rifat yulduzlari" hamda "Ilm sohiblari" jamoalari o'zaro ilm-fan va adabiyotga oid bilimlarini sinovdan o'tkazdilar. Bu kabi intellekual loyihalar yoshlarga sog'lom raqobat muhitini shakllantrishda, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✅Tadbir yakunida "Ma'rifat yulduzlari" jamoasi g'olib bo'lib tuman axborot-kutubxona markazi tamonidan sovg'alar bilan taqdirlandi.