📚Aholiga axborot-kutubxona xizmatini yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida, 2025-yil 27-oktabr kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasi hududida joylashgan O‘zbek-qozoq madaniyat markazida tumanimizning ilg‘or ayollari, barchaga o‘rnak bo‘luvchi xotin-qizlar va namunali onalar ishtirokida “Kitob – ko‘ngil va ruhiyat tabibi” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. ✅Ko‘rgazma davomida targ‘ibot tadbirlari ham amalga oshirildi. Bunday ishlar onalarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, jamiyatimizga kitobxon avlodni yetkazib berish uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shishga qaratilgan.