Ko'rgazma

2025- yil 28- oktabr kuni Mirzacho'l tuman "Bog'bon" mahallasi 17-sonli maktabi qaytadan rekantruksiya qilinib, yaqindan o'z ish faoliyatini boshladi. Maktab ochilishi o'zgacha bayramona shukuhda tashkil qilindi. 🔰Tadbirga viloyatdan nufuzli mehmonlar tashrif buyurib, maktabning zamonaviy yangi qiyofasi Mirzacho'l ta'lim tizimida yangi bosqichni boshlab berayotgani, bu esa yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochishini ta'kidladilar. ✅Ushbu tadbirda Mirzacho'l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari kitoblar ko'rgazmasi bilan ishtirok etdi. Koʻrgazmadan 80 dan ortiq turli xil sohaga oid adabiyotlar o'rin egalladi.