📚2025- yil 30-oktabr kuni Mirzacho'l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Mirzacho'l agrosanoat texnikumi bilan hamkorlikda "Kitob -ma'naviyat chirog'i" mavzusida ko'rik tanlov tashkil qilindi. Tadbirda 4 ta jamoa vakillari quyidagi shartlar asosida o'zaro bellashdilar: 1-shart o'qigan asarlari bo'yicha savol- javob; 2-shart rasmli resuslar asosida asar nomini topish; 3-shart tanlangan asarlari bo'yicha sahna ko'rinishlari. ✅Tanlovda har bir guruh o‘zining bilim darajasi, ijodkorligi va kitobxonlik madaniyatini namoyish etdilar. Tadbir so'ngida g'oliblar va eng faol guruhlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. Tanlov ishtrokchilarida katta ruhiy zavq va kitobga bo'lgan mehrni yanada oshirdi.