Faol kitobxonlar burchagi

#Faol_kitobxonlar_burchagi 📚Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2024-yil 28-dekabr kuni Yangi Toshkent hududidagi ayrim obyektlar qurilishi bilan tanishish jarayonida berilgan topshiriqlar yuzasidan 7-sonli bayonning 5.5-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, 2025-yil 31-oktabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida “Faol kitobxonlar burchagi” tashkil etildi. ✅Mazkur burchakda kitobxon oʻquvchilarning erishgan yutuqlari, ijodiy ishlari hamda o‘qishga boʻlgan qiziqishlarini aks ettiruvchi suratlarr joy oldi. Joylarda tashkil etilayotgan bunday burchaklar, maktab o‘quvchilarining kitob o‘qishga bo‘lgan mehri va qiziqishini yanada oshirishga, ularni faol kitobxonlikka undaydi.