Seminar

📚2025-yil 31-oktabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishga zamonaviy yondashuvlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda kutubxona xodimlariga kitobxonlar bilan samarali muloqot o‘rnatish, elektron kutubxona tizimlaridan foydalanish, foydalanuvchilarning yosh va qiziqishlariga mos kitoblarni tavsiya etish bo‘yicha yangi usullar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 💡 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, foydalanuvchi ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish va xizmat sifatini oshirishning zamonaviy yo‘llarini muhokama qildilar. Bunday seminarlar axborot-kutubxona tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirish, foydalanuvchilarga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatish uchun muhim o‘rin tutadi.