#xazinalar_durdonasi 🖊Zohir A'lam 📚Afandining qirq bir pashshasi Nasriddin Afandining hangomalari jahon bo’ylab keng tarqalgan bo’lib mazmun va mantiq jihatdan turlichadir. Ularning aksariyati Nasriddin Afandi o’zining xulqi, zukkoligi va topqirligi,kulgusi bilan zamona zo’rlarining, firibgarlarning haqiqiy basharasini ochadi,ularni yengadi yakson qiladi. Ammo ba’zi bir latifalarda Nasriddin o’ta laqma , hatto firibgar sifatida talqin qilinadi. Xo'sh, aslida Nasriddinimiz qanday odam bo'lgan? Hech shubha yo'qki, u o'qimishli, aqlli, tadbirkor, topqir tegirmonga tushsa butun chiqadigan haqiqatparvar, kambag'alparvar odam edi. Uning sarguzashtlari hikoyalari xuddi mana shu sababdan ham asrlardan-asrlarga o'tib kelmoqda. Zero hayot ham, xalq ham g'oliblarni xush ko'radi.