📗 2025-yil 3-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Toshkent" mahallasi hududida joylashgan 6-maktab kutubxonasiga uslubiy va amaliy yordam ko'rsatildi. 📔Tadbirda kutubxonaning meʼyoriy hujjatlari, kitoblarga ishlov berish texnologiyasi, hisobga olish daftari, kundalikni yuritilishi haqida ma'lumot berildi.