📚2025-yil 5-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markaziga "Bog'bon" mahallasining 17-maktab o'quvchilari ekskursiya uchun tashrif buyurdi. O'quvchilar bilim va ma'rifat maskani bo'lgan kutubxona bilan yaqindan tanishtirildi. ✅Kutubxona-bu shunchaki kitob saqlanadigan joy emas, balki bilim, tafakkur va ijod manbai ekanligi, bu yerda o'quvchilar nafaqat kerakli kitoblar topishi, balki yangi g'oyalar, ilhom va orzular sari yo'l olishlari mumkinligi, qolaversa kutubxonamiz sharoitlari, xizmatlari va yaratilgan qulayliklar haqida tushunchalar berildi.