#Koʻrgazma 📚Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida buyuk davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tavalludi munosabati bilan “Xalq mehrini qozongan siymo” nomli kitob-rasmli koʻrgazma tashkil qilindi. 🔰Tadbir davomida yozuvchi, siyosat va davlat arbobi sifatida xalqimiz tarixida oʻchmas iz qoldirgan Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga oid adabiyotlar, fotosuratlar va boshqa manbalar kitobxonlar eʼtiboriga havola etildi. ✅Mazkur koʻrgazma kitobxonlarda milliy gʻurur va faxr tuygʻusini uygʻotish, shuningdek, yosh avlodni tarixiy merosni chuqur oʻrganishga undash maqsadida tashkil etildi.