#Viktorina 📚2025-yil 6-noyabr kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Barkamol avlod” o‘quvchilari o‘rtasida intellektual salohiyatni oshirish, kitob va kitob mutolaasiga yanada ko‘proq mehr uyg‘otish, bilim va tafakkurni kengaytirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Aql sinovi” nomli viktorina o‘yinlari tashkil etildi. ✅Tadbir qiziqarli savol -javoblar va rasmli jumboqlar asosida o'tkazildi. Ushbu o‘yin nafaqat bilimni mustahkamlash, balki o‘quvchilarni do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitida tarbiyalashga xizmat qildi.