#Namunaviy_koʻchma_kutubxona 📚 2025-yil 7-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tumanning "Bogʻbon" mahallasi hududidagi "Sihat-salomatlik FARM" MCHJ ga qarashli Qodirov Abdug'ofur Sattorovichning shaxsiy kutubxonasi bilan imzolangan "Namunaviy ko‘chma kutubxona" shartnomasiga asosan, 40 nusxadagi adabiyotlar foydalanuvchilar talab va istaklariga binoan yangilandi. ✅Kitobxonlar bilan koʻchma kutubxona davomida "Kitob - inson tafakkuri chirog'i" nomli sayyor tadbir oʻtkazildi.Tadbir davomida oʻquvchilar va yoshlar oʻz sevimli kitoblari haqida fikr almashishdi, adabiyot olamining betakror goʻzalligini his etishdi. Bugungi tadbirdan maqsad kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni kitobga oshno qilish, milliy va jahon adabiyotiga mehr uyg'otishdan iboratdir.