#Koʻrgazma 📚Joriy yilning 7-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasi yoshlari bilan “Jadidchilik ma’rifat darg‘alari” rukni ostida Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo‘lini targ‘ib etish maqsadida “Mustaqillik kurashchisi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida jadidchilik harakatining yirik vakili Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, faoliyati hamda ma’rifat yo‘lidagi xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni vatanparvarlik, ma’rifat va milliy g‘urur ruhida tarbiyalash, jadidlar merosini asrab-avaylash hamda ularning ma’naviy merosini keng targ‘ib etishdan iboratdir