#INFOLIB_2025 📚2025-yil 10-noyabr kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida “Infolib Oʻzbekiston – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🔰Tadbirda tuman ma'naviyat bo‘limi vakillari, kutubxona xodimlari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va faol kitobxonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan she’rlar o‘qildi, raqslar ijro etildi. ✅Haftalikning maqsadi — axborot-kutubxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, hamda yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iboratdir.