Ko'rgazma

📚2025-yil 10-noyabr kuni Mirzachoʻl tumani axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzachoʻl tumani politexnikum talabalari ishtirokida " Kitob bilan baxtli hayot sari" nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. ✅Ushbu koʻrgazmaning maqsadi - yoshlarni kitob oʻqishga yanada keng jalb qilish,ularning maʼnaviy dunyosini boyitish hamda zamonaviy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.