📚2025-yil 11-noyabr kuni “INFOLIB O'ZBEKISTAN-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Musiqa va san'at bolalar maktabida "Adabiyot va musiqa qalb oynasi "nomli musiqiy kecha tashkil etildi. 🔰Tadbirning maqsadi yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish adabiyot va musiqaga bo'lgan mehrini oshirish hamda ijodkorlik salohiyatini qo'llab- quvvatlashdan iborat bo'ldi. ✅Kechada o'quvchilar va kutubxona xodimlari tomonidan sherlar, qo'shiqlar namoyish etildi.Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib,barchaga iliq kayfiyat ulashdi.