📚Bugungi kunda yoshlarning ma'naviy va intelektual salohiyatini oshirishda kutubxonalar alohida o'rin tutadi. Joriy yilning 11-noyabr kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida "Mustaqillik" hamda "Erjar" mahalla yoshlari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. ✅Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni kitob o'qishga,axborot resurslaridan samarali foydalanishga undash hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo'ldi.Tadbir davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib kutubxona faoliyatiga oid foydali ma'lumotlarga ega bo'ldilar. 🔰Ekskursiya yakunida ishtirokchilar oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, kitob o'qish inson takkurini kengaytirishi va shaxsiy rivojlanish uchun muhim ekanini taʼkidladi.