Infolib 2025

📚2025-yil 11-noyabr kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 18-maktab o'quvchilari ishtirokida “Infolib O‘zbekiston – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔰 Tadbirda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni kitob o‘qishga keng jalb etish, shuningdek, zamonaviy axborot resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qiziqarli suhbat olib borildi. Davra suhbatda 20 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etdi.